7.20 «Xavfli yuk» belgisi

7.20 «Xavfli yuk toifasi» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida qizil fonda, lotin alifbosida «XAVFLI YUK sinfi» yozuvi va belgi qaysi sinfdagi xavfli yukka tegishliligini anglatuvchi raqamlar ko‘rsatilgan.
7.20 «Xavfli yuk toifasi» belgisi 3.32 «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan», 3.33 «Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan», 4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi» belgilari bilan qo‘llanilib, ushbu belgilar ta’siri 7.20 belgisida ko‘rsatilgan sinfdagi xafli yuk tashiyotgan transport vositalariga tegishliligini bildiradi. Qoidalarga asosan, xavfli yuklarni tashish, «Xavfli yuk» taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Yo‘lning ma’lum bir qismida istisnosiz barcha xavfli yuklarni tashishni taqiqlash har doim ham maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin. Shunday holatlarda 7.20 «Xavfli yuk toifasi» belgisi u bilan o‘rnatilgan belgilarning ta’sirini cheklashga yordam beradi. Belgilar faqat 7.20 belgisida ko‘rsatilgan sinflarga tegishli xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalariga nisbatan qo‘llaniladi. Boshqa barcha transport vositalarining haydovchilari ushbu belgining talablariga e’tibor bermasliklari mumkin.