7.19 «Chorrahadagi kamera» belgisi

7.19 «Foto va video qayd etish» belgilari qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida qora rangli fotoapparat tasvirlangan.
7.19 «Foto va video qayd etish» belgisi yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Foto va video qayd etish tizimi - bu yo‘l harakati qoidalarining buzilishini avtomatik ravishda suratga oladigan avtotransport vositalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan texnik jihozlarning avtomatlashtirilgan majmuasi. Bu ma’lumotlarni qayta ishlash markaziy serveriga ma’lumotlarni uzatish imkoniyatini beradi.
Foto va video qayd etish tizimlari qoidabuzarlarning ma’lumotlar bazasini yaratish, avtotransport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqamlarini avtomatik ravishda tanib olish, ularni turli ma’lumotlar bazalari bo‘yicha tekshirish imkonini beradi.
Foto va video qayd etish tizimlari yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash hamda qoidabuzarliklar uchun jazo muqarrarligi tamoyilini kafolatlash uchun mo‘ljallangan.
Foto va video qayd etish tizimlari shahar transport oqimining tezligini nazorat qilish, transport vositasining svetoforning taqiqlovchi shorasida o‘tishini va to‘xtash chizig‘ini kesib o‘tishini nazorat qilish, temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, qarama-qarshi tasmada harakatlanishni qayd etish, jamoat transporti uchun ajratilgan tasma va yo‘l yoqasida harakatlanish, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l berilishini nazorat qilish imkonini beradi.