7.21 «Evakuator ishlamoqda» belgisi

7.21 «Evakuator ishlamoqda» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida evakuatorga ortilgan avtomobil tasvirlangan.
7.21 «Evakuator ishlamoqda» belgisi 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta'sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuasiya qilinishini ko‘rsatadi.
Shahar va shaharchalarda «Evakuator ishlamoqda» belgisi o‘rnatilgan ko‘plab hududlar mavjud. Belgi transport vositasini to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlangan joylarda taqiqlovchi yo‘l belgilari va u bilan birga o‘rnatilgan boshqa qo‘shimcha axborot belgilari bilan birga o‘rnatiladi. Bu hududda evakuasiya xizmati ishlayotganligini bildiradi. Agar transport vositasi to‘xtash yoki to‘xtab turish taqiqlangan joyda qoldirilsa, u majburiy ravishda YHXX jarima maydoniga olib boriladi va haydovchi jarima va mashinani to‘xtash joyida saqlangan vaqt uchun to‘lashi kerak.